Yangilik haqida batafsil

Filialda kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash tadbirlari va davra suhbati o'tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining noyabr oyi ish rejasiga muvofiq, 2022-yil 12-noyabr kuni filial professor-o‘qituvchilari ishtirokida kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash tadbirlari hamda sohada zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. 
Unda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi A.Rahmatjonov ishtirokchilarga dars mashg‘ulotlari davomida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ish faoliyatda zarur bo‘lgan MS Word, Excel, Power Point dasturlari bo‘yicha ishtirokchilarni bilim va ko‘nikmalarini aniqlovchi savol va topshiriqlar orqali ularning bilish darajalari baholandi. Shuningdek, A.Rahmatjonov yig‘ilganlarga sohaga oid axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari haqida so‘z yuritdi.