Yangilik haqida batafsil
Filialda kitobxonlik ko‘rgazmasi tashkilandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti Farg‘ona filialida 2022 - yil 14 - sentabr sanasida kitobxonlik ko‘rgazmasi tashkilandi. Ko‘rgazmada filial jamoasi , sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilar qatnashdilar. Ushbu tashkillangan ko‘rgazmada Axborot resurs markazi bo‘limi boshlig‘i G.Matkarimova barcha tadbir ishtirokchilarni yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtirdi va filial kutubxonasining umumiy fondi, kitob berish tartib-qoidalari haqida tushuncha berdi. O‘tmishda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr qo‘ygan edilarki, hatto tunlari sham yorug'ida kitob mutolaa qilganlar. So‘z mulkining sultoni Navoiy hazratlari 4 yoshida Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini yod olgan, buyuk muhaddisimiz Imom al-Buxoriy hazratlari esa olti mingdan ziyod hadisni yod bilgan. Ammo u davrlarda bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning bir qismi ham bo‘lmagan. Lekin ular o‘z maqsadlari sari intilib, yuksak ma’naviyat sohibiga aylanishgan. Demak, biz uchun berilayotgan imkoniyatdan unumli foydalanish har birimizning o‘zimizga bog‘liq.



