Yangilik haqida batafsil
Filialda “Kitobxonlik ko‘rgazmasi ” tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida filial axborot resurs markazi rahbari G.Matkarimova tomonidan joriy yilning 16 - noyabr kuni noyabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kitobxonlik ko‘rgazmasi ” tashkil etildi. Ko‘rgazmada “Sport psixologiyasi, tabiiy-ijtimoiy fanlar kafedrasi” mudiri N.Yuldasheva so‘zga chiqib, filial kutubxonasida professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, ularning intellektual salohiyatini, bilimini, maʼnaviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, barcha zaruriy adabiyotlar hamda qo‘llanmalar, qo‘shimcha materiallar bilan taʼminlanganligi haqida qisqacha gapirib o‘tdi.



