Yangilik haqida batafsil
Filialda kitobxonlik ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Instituti 2022 - yil 2 - aprel kungi 3-sonli Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishiga qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona filiali pedagog xodimlari va tinglovchilari bilan birgalikda kitobxonlik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tashkillangan kitoblar ko‘rgazmasida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi D.Norqulov hozirgi kunda mamlakatimizda kitobxonlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini taʼkidlab, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasida besh muhim tashabbusning to‘rtinchi bo‘limi yoshlarni kitobga jalb etishga qaratilganligini aytib o‘tdi. Ushbu tashkillangan tadbirdan tinglovchilar maʼnaviy ozuqa oldilar.


