Yangilik haqida batafsil
Filialda kitobxonlik ko‘rgazmasi hamda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.
Farg‘ona filialida 2022-yil 2-aprel kungi 3-sonli ilmiy-metodik kengash yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida kitobxonlik ko‘rgazmasi hamda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Ko‘rgazmada filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar qatnashdilar. Tadbirda direktor o‘rinbosari B.Bekov so‘z olib, kitob mutolaasi kishida chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda o‘z o‘rnini topishga, jamiyatning chinakam a’zosiga aylanishda, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligi haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik targ‘ibotiga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Kitobxonlik ko‘rgazmasida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Q.Nazirov ham so‘zga chiqib, kitobxonlarga o‘zi yaratgan kitoblar mazmun mohiyati haqida ma’lumotlar berdi.




