Yangilik haqida batafsil

Filialda joriy yilning 17 - iyun kuni "O‘ZBEK POLVONI" shiori ostida “KURASH” milliy sport turidan ko'rgazmali chiqish tashkil etildi .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 4 - noyabrdagi "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4881-sonli Qarori, shuningdek Institutning 2022 - yilgi REJAsining ijrosini taʼminlash maqsadida Institutining Farg‘ona filialida joriy yilning 17 - iyun kuni "O‘ZBEK POLVONI" shiori ostida “KURASH” milliy sport turidan ko'rgazmali chiqish tashkil etildi . Тadbirda Farg‘ona viloyati milliy kurash federatsiyasi raisi S.Dexqonova, filial ma'muryati, professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etishdi.