Yangilik haqida batafsil
Filialda ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so‘ng, inson kun mobaynida o‘zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o‘zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go‘yoki tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi. Shu maqsadda Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali sport turlari bo’yicha trener-o’qituvchilar malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda filial xodimlari ishtirokida ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.



