Yangilik haqida batafsil

Filialda ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari hamda "Sog'lom hayot sari 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.

Tongdagi har bir harakatingiz butun kuningizni  yaxshi yoki yomon o‘tishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham tongda bajarish kerak bo‘lgan rejalaringiz ichiga albatta tonggi badantarbiya mashg'ulotlarini qo'shish tavsiya etiladi. Shu maqsadda Farg'ona filialida ham sport turlari bo’yicha trener-o’qituvchilar malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda filial xodimlari ishtirokida ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari  hamda "Sog'lom hayot sari 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.