Yangilik haqida batafsil

Filialda ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari hamda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish bo'yicha marafon tashkil etildi.

Har kuni ertalab 10 daqiqa jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish kundalik ish koeffitsentini 65-70 foizga koʼtarishi isbotlangan. 15 daqiqa badantarbiya qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va koʼzi oʼtkirlashadi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanadi. Shu maqsadda Farg'ona filialida sport turlari bo’yicha trener-o’qituvchilar malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda filial xodimlari ishtirokida ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari hamda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish bo'yicha marafon tashkil etildi.