Yangilik haqida batafsil
Filialda chempion qizlar ishtirokida uchrashuv tashkillandi.
Joriy yilning 15 - Iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida tinglovchilar hamda Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti chempion talaba-qizlari: boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindori M.Abdullayeva va yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni S.Qurbonovalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Chempionlar uchrashuvda qo‘lga kiritilgan g‘alabalari, g‘oliblik hissiyotlari, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari bilan o‘rtoqlashdilar. Filial tinglovchilari tomonidan berilgan savollarga sportchilar tomonidan hayotiy misollar orqali javoblar berildi.



