Yangilik haqida batafsil
Filialda Boks sport turi yo‘nalashidan mahorat darslari o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filalida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob 19-xatboshisi ijrosini ta’minlash maqsadida filialda oktyabr oyining Boks sport turi yo‘nalashi tinglovchisi Erkayev Baxodir Turg‘unovich malaka oshirish kursining muqobil shakliga o‘tkazilib, Erkayev Baxodir Turg‘unovich ishtirokida filial tomonidan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq mahorat darslari o‘tkazildi.




