Yangilik haqida batafsil
Filialda "9-may Xotira va qadirlash kuni" munosabati bilan "Arqon tortish", "Tosh ko'tarish" hamda "Futbol" turlari bo'yicha sport musobaqalari tashkillandi
"9-may Xotira va qadirlash kuni" munosabati bilan joriy yilning 7-may kuni Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi. O'tkazilgan tadbirlarda tinglovchilar "Arqon tortish", "Tosh ko'tarish" hamda "Futbol" turlari bo'yicha hududlarga (Andijon, Namangan, Farg'ona) bo'lingan xolda qizg'in bahs olib bordilar.
Natijalar:
"Futbol"
3-o'rin Andijon viloyati,
2-o'rin Farg'ona viloyati,
1-o'rin Namangan viloyati tinglovchilar terma jamoasi.
"Arqon tortish"
3-o'rin Namangan viloyati,
2-o'rin Farg'ona viloyati,
1-o'rin Andijon viloyati tinglovchilar terma jamoasi.
"Tosh ko'tarish" 16 kg.
3-o'rin Nabijonov Mirzabek 43 marotaba (Namangan),
2-o'rin Axmedov Husanboy 70 marotaba (Andijon),
1-o'rin Sultonov Murodil 80 marotaba (Farg'ona).



