Yangilik haqida batafsil

Filial xodimlari va tinglovchilari Erkin Voxidov nomidagi memorial muzeyiga tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 21 - iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab “2 iyundan −30 iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Yoshlar oyligi “davom etayotganligi   munosabati bilan Farg‘ona filialning professor-o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha  malaka oshirish kursi tinglovchilari va filial xodimlari bilan birgalikda betakror Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Voxidov nomidagi memorial muzeyiga tashrif buyurildi. Muzeyda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yosh shoira Dilshoda Ergashova bilan uchrashuv uyushtirildi , shoira o‘z  sheʼrlaridan  parchalar keltirib, tashrif buyuruvchilarni ijod namunalari bilan baxramand etdi.Shoiraning “Yurak tortmasi” nomi sheʼriy to‘plami filial kutubxonasiga estalik sifatida sovg‘a qilindi.