Yangilik haqida batafsil

Filial xodimlari rahbariyati tomonidan taqdirlanadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabridagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Turizm va sport vazirining 2020 - yil 7 - noyabrdagi 1315-sonli buyrug‘i, Institut direktorinig 2020 - yil 23 - noyabrdagi U-139-sonli buyrug‘i hamda 2021 yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ISH REJAsining ijrosini amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatib, barcha jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlarida faol qatnashib, boshqalarga o‘rnak bo‘lgan bir qator faol xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali rahbariyati tomonidan TASHAKKURNOMA  va sovg‘alar bilan taqdirladilar.