Yangilik haqida batafsil
Filial xodimlari hamda tinglovchilari ishtirokida muntazam ravishda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Har kuni ertalab 10 daqiqa jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish kundalik ish koeffitsentini 65-70 foizga koʼtarishi isbotlangan. 15 daqiqa badantarbiya qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va koʼzi oʼtkirlashadi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanadi. Ushbu maqsadda Farg'ona filiali xodimlari hamda tinglovchilari ishtirokida muntazam ravishda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, o‘quv, maʼnaviy-maʼrifiy va ommaviy sport tadbirlarida faol ishtirok etgan bir qator tinglovchilar Filial direktorining “TASHAKKURNOMA”si bilan taqdirlandilar.




