Yangilik haqida batafsil
Filial xodimlari hamda tinglovchilari ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so‘ng, inson kun mobaynida o‘zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o‘zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go‘yoki tanani “silkitadi” va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi. Shu maqsadda Sportni rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali xodimlari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.



