Yangilik haqida batafsil
Filial tinglovchilari Farg‘ona shahrida joylashgan muz saroyiga tashrif buyurishdi.
joriy yilning 19 - oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 4 - fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida filial tinglovchilari Farg‘ona shahrida joylashgan muz saroyiga tashrif buyurishdi. U yerda instruktor Qambarov Islombek tomonidan muzli konkida uchish qoidalari haqida tinglovchilarga tushunchalar berib o‘tdi va muz ustida o‘zini o‘zi harakatga keltirishi hamda muz yuzasida siljish mashqlarini amaliy ko‘rsatib o‘tdi.


