Yangilik haqida batafsil
Filial sport zalida sport musobaqalari tashkil etildi.
Joriy yilning 18-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali sport zalida sport musobaqalari tashkil etildi. Bayramona ruhda o'tkazilgan musobaqalarda tinglovchilar "Darts" (ayollar) hamda "Arqon to’rtish" (erkaklar) sport turlari bo'yicha hududlarga (Andijon, Namangan, Farg'ona terma jamoalarga) bo'lingan xolda qizg'in bellashuvlar olib bordilar.
Natijalar:
"Arqon to’rtish" - 3-o'rin Andijon viloyati, 2-o'rin Namangan viloyati va 1-o'rin Farg’ona viloyati tinglovchilari erkaklar terma jamoasi.
"Darts" - 3-o'rinlar Ahunova Moxigul (Andijon), Rasulova Dilafruz (Namangan); 2-o'rin Xaydarova Xusnida (Andijon) va 1-o'rinni Teshaboyeva Gulnozaxonlar (Andijon) g’oliblikka sazovor bo’ldilar.




