Yangilik haqida batafsil
Filial rahbariyati tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Institutning 2022-yil 4-oktabr kuni o‘tkazilgan 8-sonli Ilmiy kengash yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Farmonlari, qarorlari ijrosi yuzasidan barcha bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Filial rahbariyati tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.



