Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari xodimlari va tinglovchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 20- oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi malaka oshirish kursi tinglovchilari, filial professor-o‘qituvchilari xodimlari va tinglovchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Mavzuga oid maʼlumotlar bilan “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi U.Azimov tanishtirib, quyidagilarni gapirdi: Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi mumkin.Davra suhbatida mavzuga oid taqdimotdan foydalanildi.Savol-javob va bahs-munozarali bo‘lgan bu davra suhbatida bu illatning sport sohasidagi zarari haqidagi tinglovchilar fikrlari ham eshitildi.



