Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari “Muruvvat” uyiga tashrif buyurishdi.
Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari mehr-muruvvat va saxovat oyi munosabati bilan Farg‘ona sharhidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurishdi. Farg‘ona “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida tarbiyalanayotgan o‘zgalar mehr-muhabbati va eʼtiboriga muhtoj bolalarni Respublikamizda o‘tkazilayotgan har bayramlarda ularni tabriklab, bolalarga quvonch ulashish filial tomonidan anʼanaga aylangan. Ana shunday anʼana Ramazon oyi munosabati bilan ham tashkil etilganligi barcha tinglovchilarni quvontirdi.



