Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari bilan Erkin Vohidov me’morial muzeyiga tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 26-oktabr kuni Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan Marg‘ilon shahrida tashkil etilgan Erkin Vohidov me’morial muzeyiga tashrif buyurishdi. Yoshlarni Vatanparvarlik, yurtga sadoqat va shukronalik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan bu sayohatda memorial muzey mudirasi Mamlakat Haydarova el sevgan oʻzbek xalq shoiri, dramaturg, jamoat va davlat arbobi Erkin Vohidovning hayoti va ijodi, tug‘ilgan joyi, bolalik va o‘qish davri, ilk ijodiy ishlari, shoir va yozuvchi sifatida shakllanish jarayonlari, davlat va jamiyat faoliyatidagi yutuqlarini aks ettiruvchi eksponatlar to‘g‘risida tinglovchilarga ma’lumotlar berib o‘tildi.



