Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari 21-oktyabr-O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
2022-yil 21-oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari, soha vakillari bilan E.Voxidov memorial muzeyi ijodkorlar uyida 21-oktyabr-O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati Davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Saodat Zakirova qadimgi O‘rxun Enasoy va Bilga xoqon bitiktoshlarida qadimda bitilgan yozuvlar, turkiy tillarning kelib chiqishi haqida ma’lumotlarni manbalar asosida bayon etgan bo‘lsa, filolog O‘g‘iloy Ahmedova turkiy tilning kelib chiqishi, ko‘pgina, qariyb besh mingdan ziyod so‘zlarning boshqa millat tillariga bevosita turkiy tillardan o‘zlashtirilganligi haqidagi ma’lumotlarni yig‘ilganlarga qadimgi manbalardan misollar keltirgan xolda tushuntirib berishdi.




