Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari va maktabgacha taʼlim tashkiloti jismoniy tarbiya instruktorlari yo‘nalishi tinglovchilari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 24 - oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va maktabgacha taʼlim tashkiloti jismoniy tarbiya instruktorlari yo‘nalishi tinglovchilari bilan “OMMAVIY MADANIYAT”- JAMIYAT TANAZZULI mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Shaxnoza Kurbanova “Ommaviy madaniyat”ning hozirgi kunda jamiyatimiz va fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keltirib chiqarayotgan ayanchli illatlari haqida maʼlumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.



