Yangilik haqida batafsil

Filial professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining salomatligini mustahkamlash maqsadida “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida musobaqalar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yana-da rivojlantirish maqsadida “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida "Yakkaxodada tortilish" va "Egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish" bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.