Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yanada rivojlantirish maqsadida “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida “ARMWRESTLING” bo‘yicha ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.




