Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o'rtasida “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 19 - noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yana-da rivojlantirish maqsadida “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida “ARQON TORTISH” bo‘yicha ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.



