Yangilik haqida batafsil

Filial professor-o‘qituvchilari Muruvvat uyiga tashrif buyurishdi.

Har yili “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida Respublikamizda keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir. Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali  professor-o‘qituvchilari Farg‘ona “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar  internat uyiga tashrif  buyurdilar.  Filial professor-o‘qituvchilari tomonidan “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashildi.