Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari kurash va shartnoma guruhi tinglovchilari bilan seminar-trening o‘tkazildi
2021 - yil 25 - oktyabr kuni Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 - yil 29 - dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini tushuntirish maqsadida kurash va shartnoma guruhi tinglovchilari bilan seminar-trening o‘tkazildi.Seminar-treningda ishtirok etgan Farg‘ona davlat Universiteti dotsenti N.Alimova o‘tgan 2020 - yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida tub burilish yili bo‘lganligi, aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish orqali 2021 - yilda qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkazilishi, yaqinda Osiyo olimpiya kengashi 2025 - yilda Yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlarini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilganligi, qitʼamiz miqyosidagi ushbu musobaqaga hozirdan boshlab puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz lozimligi prezidentimiz tomonidan aytilganligini taʼkidlab o‘tdi.

