Yangilik haqida batafsil

Filial professor-o‘qituvchilari Harakatlar strategiyasi haqidagi maʼlumotlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

2021 - yil 25 - oktabr kuni Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari  2021 - “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini  tushuntirish maqsadida sport turlari bo'yicha trener-o'qituvchilar yo'nalishi shartnoma guruhi tinglovchilari bilan maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati o‘tkazildi.  Ushbu tadbirda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2021- yil — «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolanganligi, u o‘zida besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining so‘nggi yilidagi chora-tadbirlarni aks ettirganligi haqidagi maʼlumotlar bilan o‘qituvchi Sh.Qurbonova tinglovchilarni tanishtirdi.