Yangilik haqida batafsil

Filial professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 11 - noyabr kuni Institutning Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.