Yangilik haqida batafsil

Filial professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari birgalikda Marg‘ilon shahrida joylashgan Xunarmandlar markaziga tashrif buyurdilar.

Joriy yilning 21-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari birgalikda Marg‘ilon shahrida joylashgan Xunarmandlar markaziga tashrif buyurdilar. Marg‘ilon Xunarmandlar markazida ipak mahsulotlarni ishlab chiqarish an'anaviy texnologiyalar yordamida qo‘lda amalga oshiriladi.

Marg‘ilonda qadimiy kulolchilik va pillachilik maktablari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, 1000 dan ortiq oila hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi. Xunarmandlar markazi tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.