Yangilik haqida batafsil

Filial professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirokida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 19 - noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 14 - oktabr kuni Institutning Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.