Yangilik haqida batafsil

Filial professor-o’qituvchilari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari V xalqaro an’anaviy to’qimachilik festivalida ishtirok etishdi.

Farg’ona viloyatining Marg’ilon shahrida “Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to’qimachilik festivali tashkillandi. Ushbu festivalda jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali professor-o’qituvchilari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ham ishtirok etishdi. Festival an’anaviy o’zbek to’qimachilik mahsulotlarini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan bo’lib, unda 21 ta davlatdan 90 ga yaqin tajribali dizaynerlar, taniqli madaniyat arboblari va san’atshunoslar ishtirok etishdi.