Yangilik haqida batafsil
Filial professor-o‘qituvchilari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari Farg‘ona Olimpiya Zaxiralari kollejiga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 20 - sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari Farg‘ona Olimpiya Zaxiralari kollejiga tashrif buyurdi. Tadbir davomida ushbu sport muassasasida faoliyat olib borayotgan xalqaro toifadagi sport ustasi V.Kim tinglovchilar hamda ushbu sport muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchilar ishtirokida mahorat darsi o'tkazildi.




