Yangilik haqida batafsil
Filial pedagog xodimlari va tinglovchilari bilan birgalikda ZOOM ilovasi orqali online davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 30 - kuni Farg‘ona filiali pedagog xodimlari va tinglovchilari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 5 - noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «workout» sport turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5282-son qarorining mazmun-mohiyatini o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida ZOOM ilovasi orqali online davra suhbati tashkil etildi. Ushbu qaror mazmuni bilan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich tanishtirib, otdi. Filialning “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Nazirov Qudrat Yuldashevich ham mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, sport va aholi salomatligi davlat siyosatining bir bo‘lagi ekkanligini taʼkidlab o‘tdi.


