Yangilik haqida batafsil
Filial pedagog xodimlari , sport turlari bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari viloyat kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialning pedagog xodimlari , sport turlari bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan birgalikda Farg‘ona viloyat kutubxonasiga tashrif buyurildi. Tashrif buyuruvchilar Viloyat kutubxonasida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi, kutubxona tarixi, o‘quv zallari, kutubxona xizmatlaridan, elektron kutubxonadan foydalanish tartiblari haqida , bundan tashqari barcha turdagi gazeta va jurnallar bo‘limlari xizmatlaridan foydalanishham mavjudligi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlarga berildi va kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashrifdan maqsad kitobxonlikni tinglovchilar orasida keng targ‘ib etish, mamlakatimizda xalqimiz maʼnaviyatini va intellektual salohiyatini yuksaltirish, tafakkurni kengaytirish, aholi ayniqsa, yoshlarning mutolaaga qiziqishini va kitobxonlik madaniyatini oshirishdan iborat.



