Yangilik haqida batafsil
Filial pedagog hodimlari va tinglovchilari bilan Davra suhbati bolib otdi.
Filial pedagog hodimlari va tinglovchilari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5 - noyabrdagi “2024 YIL Parij Shahrida(Fransiya) Bo‘lib O‘tadigon XXXIII yozgi OLIMPIYA va XVII PARALIMPIYA o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida” PQ-5281-son qarori va “YURISH, YUGURISH, MINI-FUTBOL, BADMINTON, STRITBOL VA «VORKOUT» SPORT TURLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PQ-5282-son qarorlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. PQ-5282-son qarori yuzasidan “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich ham quyidagi fikrlarni bayon etdi: 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijrosini taʼminlash; 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “YURISH, YUGURISH, MINI-FUTBOL, BADMINTON, STRITBOL VA «VORKOUT» SPORT TURLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Davra suhbati bolib otdi. Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga professor-o‘qituvchilar javob berishdi.

