Yangilik haqida batafsil

Filial pedagog hodimlari va tinglovchilari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.

Farg‘ona filiali pedagog hodimlari va tinglovchilari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarorining mazmun-mohiyatini o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu qaror mazmuni bilan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich tanishtirib o'tdi. 
Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga professor-o‘qituvchilar javob berishdi.