Yangilik haqida batafsil
Filial o'qituvchilari O.Qambarov va Q.Nazirovlarga “Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonlari berildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi mudiri Nazirov Qudrat Yuldashovich hamda ushbu kafedra o‘qituvchisi Qambarov Orzubek Faxridinovichlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya kommisiyasi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kengashining tavsiyasiga ko‘ra “Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonlari berildi. Institut rektori I.A.Tursunaliyev ushbu dotsent ilmiy unvoni attestatlari bilan O.Qambarov va Q.Nazirovlarni tabriklab, sohadagi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab, ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.




