Yangilik haqida batafsil

Filial jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo‘nalishi tinglovchilari mahorat darsi o‘tkazib berdilar.

Joriy yilning  21 - sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish  instituti  Farg‘ona filiali jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo‘nalishi  Maktab-3 guruhi tinglovchilari, yengil atletika bo‘yicha sport ustasi, gandbol bo‘yicha oliy liga murabbiyi, Andijon shahar 4-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Mingaliyeva Larisa Viktorovna va Fargʼona shahar 4-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Azamkulov Umidjon Akramovich bilan birgalikda amaliyotga zamonaviy innovatsion pedagogik  texnologiyalarni, o‘qitishning  samarali shakllari va usullarini joriy etgan xolda mahorat darslarini o‘tkazib berdilar.