Yangilik haqida batafsil
Filial jamoasi hamda tinglovchilari Front orti faxriylari honadonlariga tashrif buyurishdi
Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir. 9-may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali jamoasi va sport turlari bo’yicha trener-o’qituvchilar malaka oshirish yo’nalishi tinglovchilari Front ortida mehnat qilgan faxriylar: Kashimova Sayra, Kashimov Ilgiz hamda Chubasova Olgalar honadonlariga tashrif buyurishib, ularni ushbu bayram hamda yaqinlashib kelayotgan Iydi Ramazon bilan tabriklashdi hamda olib borilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ularga taqdim etib, ahvollaridan habar olib qaytishdi.



