Yangilik haqida batafsil
Filial “Ijtimoiy fanlar” va “Pedagogika. Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari shartnoma guruhi tinglovchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
2021- yil 26 - oktabr kuni Farg‘ona filiali “Ijtimoiy fanlar” va “Pedagogika. Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosni” tahlil etish maqsadida shartnoma guruhi tinglovchilari bilan maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati o‘tkazishdi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASIning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar haqida ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi U.Azimov tinglovchilarga maʼlumot berib o‘tdi.

