Yangilik haqida batafsil
Filial hamda hamkorlik O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan shartnomasi asosida onlayn zoom konferensiya o‘tkazildi.
Joriy yilning 27 - aprel kuni Farg‘ona filiali hamda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya universiteti “Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi bilan hamkorlik shartnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4- fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri A.Karimov hamda “Qishki sport turlari“ fakulteti 2-kurs talabasi Atabek Safarov tamonidan filial professor-o‘qituvchilari hamda Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, maktabgacha taʼlim jismoniy tarbiya instruktorlariga “Amirsoy dam olish maskanida tog‘ chang‘isidan foydalanishda xavfsizlik qoidalari”mavzusida onlayn zoom konferensiya o‘tkazildi. konferensiya tadbirini “Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri A.Karimov ochib berdi hamda ushbu tashkil etilgan onlayn zoom konferensiyaning maqsad va vazifalarini tinglovchilarga tushuntirib o‘tdi. konferensiya so‘ngida professor-o‘qituvchilari, malaka oshirish tinglovchilari hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga “Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri A.Karimov tomonidan javob berildi.


