Yangilik haqida batafsil

Filial “FUTBOL” guruhi tinglovchilariga master klass (mahorat darsi) o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 4 dekabrdagi  “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-5887  sonli  farmoni ijrosini taminlash hamda institutning yillik rejasiga asosan soha mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish  maqsadida joriy yilning 27 oktyabr kuni Farg‘ona filiali "Sport taʼlim muassasalari trener-o‘qituvchilariʼʼ yo‘nalishi FUTBOL guruhi tinglovchilari ixtisosliklari bo‘yicha Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan «ATLETIK» XFK futbol sport maydoniga tashrif buyurishdi. Ularga oliy toifali murabbiy, ushbu sohada 38 yillik tajribaga ega, ko‘plab shogirdlarning ustozi Matkarimov Maxmudjon Qodirovich tomonidan malaka oshirish yonalishida talim olayotgan “FUTBOL” guruhi tinglovchilariga   master klass (mahorat darsi) o‘tildi.