Yangilik haqida batafsil
Federatsiyalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona viloyati regbi, stol tennisi, suzish, gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish federatsiyalari o'rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
✅ malaka oshirish faoliyatini tashkil etishda hamkorlik qilish;
✅o‘quv uslubiy, ilmiy metodik faoliyatda tomonlar mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅tomonlar o‘zaro hamkorlikda Sport pedagogik mahoratini oshirish hamda mahorat darslarini tashkil etish;
✅tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish kabi qator masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.



