Yangilik haqida batafsil

FDU pedagogika kafedrasi bilan hamkorlik aloqalari

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi va Fargʻona davlat universiteti “Pedagogika” kafedrasi oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalarni bajarilishi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Nargiza Egamberdiyevna filialda olib boriladigan dars mashgʻulotlariga FarDU  “Pedagogika”  kafedrasi professor-oʻqituvchilarining  jalb etilishi, oʻquv uslubiy ishlar va modullardan oʻquv uslubiy majmualarning takomillashtirilishi hamda istiqboldagi hamkorlik rejalari haqida gapirib oʻtdi.