Yangilik haqida batafsil

Faxr va eʼtirof!

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti Sh.Kurbonova Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining 2025-yil 8-maydagi 64-sonli buyrugʻiga asosan yuqori eʼtirofga sazovor boʻlib, “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Bu nishon — nafaqat oilaviy qadriyatlar va maʼnaviy tarbiyaning yuksak namunasi, balki ayollarning jamiyatdagi faol ishtiroki va mardona mehnatining munosib eʼtirofidir.
Sh.Kurbonovani chin qalbdan muborakbod etamiz va unga kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!