Yangilik haqida batafsil
Fargona_filialida Jismoniy tarbiya va sport kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi "Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi PQ-443-son Qaroriga koʻra haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida kun faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Shundan so‘ng xodimlar hamda tinglovchilar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.


