Yangilik haqida batafsil
Farg‘onada “Lider trener” loyihasining navbatdagi seminari va sport tadbirlari tashkillandi.
O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkillangan loyiha “Lider-trener” (https://t.me/lidertrenertg) yigirma qadam dasturi asosidagi navbatdagi seminar hamda jismoniy tarbiya fani o‘quvchilardan iborat jamoalar o‘rtasida turli sport musobaqalari va sport tadbirlari Rishton tumani 7-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Seminarda Rishton tumani xokimi B.Xoliqov, Rishton tumani 7-sonli umumta’lim maktabi direktori S.Sharopov hamda “Lider-trener” loyihasi asoschilari P.f.b.f.d. (PhD), dotsent D.Norqulov, M.Neʼmatov, A.Jaxbarov, M.Maxamadjonov hamda sport mutaxassislari ishtirok etdi.


